Bugun, 28-fevral kuni Raqamli hukumat markazi xodimlarining aksariyati ishga milliy liboslarda kelishdi. Do‘ppilar, adrasu beqasamlar – Markazga o‘zgacha shukuh bag‘ishladi va ko‘pchilikning e’tiborini tortdi.
Ma’lumki, yurtimizda yoshlarni vatanparvarlik, o‘zbek xalqining milliy merosiga hurmat ruhida tarbiyalash, ular o‘rtasida milliylikni, milliy urf-odatlar va an’analarni, milliy liboslarni keng targ‘ib qilish maqsadida haftaning har juma kuni "Milliy liboslar kuni" sifatida nishonlanmoqda.
"Milliy liboslar kuni"da Raqamli hukumat markazi xodimlari milliy an’analarimizga sodiqligini, vatanga bo‘lgan muhabbat va milliy qadriyatlarimizga hurmatlarini yana bir bor namoyon etishdi. Shu bilan birga, zamonaviy texnologiyalar va milliy an’analarning uyg‘unligini ko‘rsatishdi.