2024-yilning 19-aprel kuni Sirdaryo viloyatining Oqoltin tumanida informatika va chet tillari o‘qituvchilari uchun my.gov.uz portalidan foydalanish ko‘nikmasini oshirishga qaratilgan o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda ishtirokchilar my.gov.uz da mavjud elektron davlat xizmatlari va ularning afzalliklari bilan tanishish barobarida “Pedagoglarni attestatsiyadan o‘tkazish”, “Bolani bir maktabdan boshqasiga ko‘chirish”, “Soliq qarzi mavjud emasligi to‘g‘risida ma'lumotnoma olish” xizmatlaridan amalda foydalanib ko'rishdi.
Shu bilan birga MyGov mobil ilovasidan foydalanish tajribasi ham o‘rtoqlashilib, ta’lim sohasida elektron xizmatlar ko‘rsatishni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ham bildirildi.
Endilikda pedogoglarimiz ham kuchini tejab, hujjat ishlariga kamroq, o‘quvchi va talabalari uchun ko‘proq vaqt ajratish, zarur xizmatlarni qulay tarzda olish, ta’lim sohasidagi yangilik va o‘zgarishlardan tezkor xabardor bo‘lish imkoniyatiga ega.