Yuqori turuvchi tashkilot

O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 fevraldagi PF-5349-son Farmoniga muvofiq tashkil qilingan.

O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi faoliyatining asosiy vazifalari va yoʼnalishlari quyidagilardan iborat:

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar sohasida, “Raqamli hukumat”ni joriy etishda yagona davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlash, axborot texnologiyalarini rivojlantirishning jahon darajasidan kelib chiqqan holda milliy axborot-kommunikatsiya tizimini tatbiq etish va rivojlantirish yuzasidan kompleks dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish

Telekommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish va modernizatsiya qilish, shu jumladan, Internet tarmogʼiga keng polosali ulanishni kengaytirish, telefon aloqasi, televidenie va radioeshittirishning raqamli tizimlariga toʼliq oʼtishni taʼminlash, aloqa va telekommunikatsiyalar sohasidagi faoliyatni, shuningdek, radiochastotali spektrdan foydalanishni davlat yoʼli bilan boshqarish, litsenziyalash va nazorat qilish borasidagi funktsiyalarni amalga oshirish

“Raqamli hukumat”ni tatbiq etish, vazirliklar, idoralar, kompaniyalar va uyushmalarning, mahalliy davlat hokimiyati organlarining axborotlashtirish va interaktiv davlat xizmatlarini takomillashtirish borasidagi faoliyatini idoralararo muvofiqlashtirish, monitoring qilish, baholash va nazorat qilish boʼyicha davlat dasturlarining amalga oshirilishini taʼminlash, shuningdek, davlat axborot resurslari hamda maʼlumot bazalarini shakllantirish, saqlash va foydalanishning yagona tizimini vujudga keltirish, idoralararo axborot tizimlarini yaratish va boshqarish

Internet tarmogʼining milliy segmenti yanada shakllantirilishini taʼminlash, mamlakatimizning turli yoʼnalishlardagi zamonaviy veb-resurslarini, shu jumladan, aholining, xususan, yosh avlodning axborotga boʼlgan va intellektual talab-ehtiyojlarini qondirish maqsadida tarmoq resurslarini rivojlantirish uchun zarur texnik va qulay shart-sharoitlarni yaratish

Raqobatdosh dasturiy mahsulotlarning mamlakatimizda ishlab chiqarilishini va ichki bozorini hamda ularga koʼrsatiladigan xizmatlarni rivojlantirishga koʼmaklashish va uning muvofiqlashtirilishini taʼminlash, iqtisodiyotning real sektori tarmoqlarida va isteʼmolchilarda zamonaviy dasturiy mahsulotlar, axborot tizimlari va axborot resurslarini joriy etish

Axborot xavfsizligini taʼminlash va kommunikatsiya tarmoqlari, dasturiy mahsulotlar, axborot tizimlari va resurslarini himoya qilishning zamonaviy texnologiyalarini tatbiq etish chora-tadbirlarini amalga oshirish, axborot resurslarini himoya qilish boʼyicha texnik infratuzilmani yanada rivojlantirish

Zamonaviy kommunikatsiya vositalari sohasida ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarni, kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil qilish, dasturiy mahsulotlar, axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalarini ishlab chiqish va tatbiq etish, axborot xavfsizligini ta’minlash va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining boshqa sohalarida shunday ishlarni tashkil etish

Aloqa, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar sohasida xalqaro hamkorlikni yoʼlga qoʼyish, ustuvor loyihalarni amalga oshirish, radiochastotalik spektrdan samarali foydalanish uchun hamda vazirlik faoliyati doirasiga kiruvchi boshqa yoʼnalishlar boʼyicha xorijiy investitsiyalarni jalb etish

O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi toʼgʼrisida Nizom
Единый портал интерактивных государственных услуг
Национальный правовой информационный центр