Markazda xavflarni boshqarish tizimi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-apreldagi 279-son qaroriga muvofiq, Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazida moliyaviy va boshqa xavflarni boshqarish tizimini joriy etish hamda takomillashtirish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.
Xavflarni boshqarish tizimi Markaz faoliyatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavflarni o‘z vaqtida aniqlash, baholash va kamaytirishga, shuningdek, ichki nazorat samaradorligini oshirishga qaratilgan.
Markazning tarkibiy bo‘linmalari faoliyati doirasidagi ehtimoliy xavflar belgilangan tartibda o‘rganiladi. Tahlil natijalari asosida xavflarning oldini olish va ularning ta’sirini kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilanadi.
Xavflarni samarali boshqarish maqsadida ular muntazam monitoring qilinadi, amalga oshirilgan ishlar tahlil etiladi va boshqaruv jarayonlarini takomillashtirish bo‘yicha tegishli choralar ko‘riladi.
Qanday xavflar boshqariladi?
Xavflar ichki yoki tashqi bo‘lishi mumkin. Yagona tasnif ularni faoliyatga ta’sir etish yo‘nalishiga ko‘ra besh asosiy toifaga ajratadi.
Strategik xavflar
Strategik maqsadlar, davlat dasturlari va belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlarga erishish bilan bog‘liq xavflar.
Moliyaviy xavflar
Moliyalashtirish, budjet mablag‘laridan foydalanish va moliyaviy majburiyatlar bilan bog‘liq xavflar.
Ma’muriy xavflar
Rejalar, vakolatlar, vazifalar taqsimoti va boshqaruv qarorlari bilan bog‘liq xavflar.
Operatsion xavflar
Kundalik jarayonlar, axborot tizimlari, resurslar va uzluksiz faoliyat bilan bog‘liq xavflar.
Korrupsiyaviy xavflar
Manfaatlar to‘qnashuvi, vakolatdan noto‘g‘ri foydalanish va korrupsiyaga oid boshqa omillar.
Xavflarni boshqarish jarayoni
- 1Xavflarni aniqlash
- 2Xavflarni baholash
- 3Xavflar reyestrini shakllantirish
- 4Xavflarni kamaytirish choralarini ko‘rish
- 5Xavflar monitoringi
- 6Natijalar bo‘yicha hisobot tayyorlash
Xavf darajasi qanday baholanadi?
Har bir xavfning yuzaga kelish ehtimoli va uning faoliyatga ta’siri baholanadi. Ushbu ikki ko‘rsatkich natijasi xavf darajasini belgilaydi va ustuvor choralarni tanlashga yordam beradi.
6 va undan yuqori
3 dan 6 gacha
3 dan past
Mas’uliyat va nazorat
Tarkibiy bo‘linmalar
Xavflarni aniqlaydi va baholaydi, reyestr hamda chora-tadbirlar rejasini shakllantiradi, uning bajarilishini ta’minlaydi.
Xavflarni boshqarish qo‘mitasi
Reyestr va rejalarni tasdiqlaydi, har chorak natijalarini muhokama qiladi hamda boshqaruv qarorlarini qabul qiladi.
Ichki audit xizmati
Baholashning asosliligini, rejalarning ishlab chiqilishi va bajarilishini o‘rganadi hamda jarayonni tahlil qiladi.
Monitoring va ochiqlik
Chora-tadbirlar ijrosi har chorakda ko‘rib chiqiladi. Choraklik ma’lumotlar keyingi oyning oxirigacha, yillik hisobot esa keyingi yilning 5-martigacha rasmiy veb-saytda e’lon qilinadi.
Normativ asos
Davlat moliyasi sohasida xavflarni boshqarish tizimini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-apreldagi 279-son qarori
