2025-yil 1-fevraldan Oʻzbekiston qonunchiligida ayrim oʻzgarishlar roʻy beradi. Quyida ularning raqamlashtirishga oid qismlarini eslatib oʻtamiz.
Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar hisobi onlayn yuritiladi
2024-yil 14-noyabrda prezidentning “Bolalarni ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilingandi. Farmon bilan 2025-yil 1-fevraldan boshlab yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar hamda ularni muqobil joylashtirish shakllaridan biri bo‘yicha olish istagini bildirgan shaxslarning hisobini yuritish bo‘yicha:
Bolalar bog‘chalarida davomat avtomatlashtiriladi
Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga ko‘ra, 2025-yil 1-fevraldan Toshkent shahrida pilot sinovi tariqasida, 2025-yil 1-iyuldan esa barcha davlat MTTda “Bolalar bog‘chasi” axborot tizimi orqali xodimlar va tarbiyalanuvchilarning elektron davomati, ish vaqti, tarbiyalanuvchilarning oziq-ovqat xarajatlarini hisobga olish joriy etiladi.
Elektromobillarni quvvatlash stansiyalari ko‘payadi
2025-yil 1-fevraldan davlat muassasalari, mehmonxonalar, biznes-markazlar, savdo va umumiy ovqatlanish ob’yektlari, xalqaro va davlat ahamiyatidagi avtomobil yo‘llari infratuzilmasi ob’yektlari loyihalarida to‘xtash joylarining kamida 5 foizi elektromobillarni quvvatlash stansiyalari bilan jihozlanishi kerak.
Ijtimoiy karta bo‘yicha «1070» qisqa raqami ishga tushadi
Ijtimoiy kartani muomalaga chiqarish va foydalanish uchun taqdim etish masalalari bo‘yicha axborot-ma’lumotnoma xizmatlarini ko‘rsatuvchi «1070» qisqa raqamli va tun-u kun faoliyat ko‘rsatadigan xizmat test rejimida yo‘lga qo‘yiladi.
IT-park rezidentlariga imtiyoz...
2030-yil 1-yanvarga qadar eksport xizmatlari hajmi kalendar yil davomida 10 million AQSH dollaridan oshgan IT-park rezidentlariga axborot texnologiyalari sohasidagi xizmatlarini (shu jumladan, royalti to‘lanadigan) ko‘rsatgan, O‘zbekiston Respublikasi bilan ikkiyoqlama soliqqa tortishning oldini olish to‘g‘risida bitim tuzilmagan davlatlarning yuridik shaxslarini ushbu kalendar yil yakuniga qadar foyda solig‘idan ozod etiladi.