1-iyundan “Elektron hukumat”da qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?

1-iyundan “Elektron hukumat”da qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?

31 may 2022

2022-yil 1-iyundan O‘zbekiston qonunchiligida kuchga kiradigan elektron hukumat doirasidagi ayrim o‘zgarishlarni eslatib o‘tamiz.

«Yoshlar daftari»ga kiritilgan yoshlar OTMga kirish testlarida qatnashganlik uchun undiriladigan to‘lovdan ozod etiladi.

Prezident farmoniga muvofiq, «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslar va ularning farzandlari hamda «Yoshlar daftari»ga kiritilgan yoshlar oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishda o‘tkaziladigan kirish test sinovlarida ishtirok etish uchun undiriladigan to‘lovlardan ozod etiladi.

Shuningdek, davlat xizmatidan foydalanishda undiriladigan to‘lovlarni Markazlarda joylashgan tijorat banklari shoxobchasidan amalga oshirganda ikki foizgacha bo‘lgan tijorat bankining komissiya summasi uchun alohida to‘lov undirilmaydi (bundan davlat boji to‘lovlari mustasno).

YIDXP orqali bir qator davlat xizmatlarini ko‘rsatishda elektron raqamli imzo talab etilmaydi.

Prezident farmoniga asosan 38 turdagi davlat xizmatlari Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ko‘rsatilganda elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash talab etilmaydi.

Quyida my.gov.uz orqali elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash talab etilmaydigan xizmatlar ro‘yxati bilan tanishing:

1.       Fuqaroning nomida shaxsiy uy-joyi borligi yoki yo‘qligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma berish.

2.       Bino va inshootlarning ijara shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish.

3.       O‘zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) to‘g‘risidagi kelishuvni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish.

4.       Yakka tartibda uy-joy qurishga (rekonstruksiya qilishga) loyiha-smeta hujjatlarini kelishish.

5.       Bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni kelishish.

6.       Qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilish (yakka tartibdagi uy-joy qurish ob’yekti uchun).

7.       Qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilish (yakka tartibda uy-joy qurish ob’yekti bo‘lmagan ob’yekt uchun).

8.       Manzil-ma’lumot axborotlarini taqdim etish.

9.       Sudlanganlik haqida ma’lumotnoma berish.

10.   Sport-ta’lim muassasalarining trener-o‘qituvchilari va yo‘riqchi-uslubchilariga malaka toifalarini berish.

11.   Xorijiy davlatda umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatni tan olish uchun ariza yuborish.

12.   Xorijiy davlatda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish).

13.   Elektr energiyasini hisobga olish uskunasini (hisoblagichini) yechish va o‘rnatishga ariza yuborish.

14.   Sovuq suvni hisobga olish uskunasini (hisoblagichini) yechish va o‘rnatishga ariza yuborish.

15.   Tabiiy gazni hisobga olish uskunasini (hisoblagichini) yechish va o‘rnatishga ariza yuborish.

16.   Issiq suvni hisobga olish uskunasini (hisoblagichini) yechish va o‘rnatishga ariza yuborish.

17.   Gaz ta’minoti loyihasini hududiy gaz ta’minoti korxonasi bilan kelishish.

18.   Tabiiy gazni hisobga olish uskunasini plombalash va gaz ta’minoti shartnomasini tuzish.

19.   Elektr tarmoqlariga ulanish uchun texnik shartlarni olish.

20.   Issiqlik energiyasini hisobga olish uskunasini plombalash va issiqlik ta’minoti shartnomasini tuzish.

21.   Iste’molchilarning issiqlikdan foydalanish qurilmalari va issiqlik tarmoqlarini ishga tushirish uchun ruxsatnoma berish.

22.   Issiqlik ta’minoti loyihasini issiqlik ta’minoti korxonasi bilan kelishish.

23.   Quvvati 20 kVtdan yuqori bo‘lgan elektr energiyasi iste’molchilari uchun elektr ta’minoti loyihasini kelishish.

24.   Issiqlik ta’minoti tarmoqlariga ulanish uchun texnik shartlarni olish.

25.   1,2 MPa bosimdan yuqori bo‘lmagan gaz tarmoqlariga ulanishga texnik shartlarni olish.

26.   Suvni hisobga olish priborini plombalash, suv ta’minoti va suvni chiqarib tashlash xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha shartnomani tuzish.

27.   Suv ta’minoti va suvni chiqarib tashlash loyihasini kelishish.

28.   Suv ta’minoti va suvni chiqarib tashlash tarmoqlariga ulanish uchun texnik shartlarni olish.

29.   Ruhiy kasalliklar bo‘yicha dispanser hisobida turishi yoki turmasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma olish.

30.   Narkologiya bo‘yicha dispanser hisobida turishi yoki turmasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma olish.

31.   Baholovchilarning malaka imtihonini o‘tkazish va ularga malaka sertifikatini berish.

32.   Rieltorlarning malaka imtihonini o‘tkazish va ularga malaka sertifikatini berish.

33.   Ko‘chmas mulk ob’yektiga kadastr pasportini berish.

34.   Bolalarni davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qabul qilish.

35.   Avtomobil yo‘llarini, yo‘l inshootlarini, temir yo‘l kesishmalarini, avtomobil yo‘llari va ko‘chalar bo‘yida joylashgan AYoQS, AGTKS va AGQS stansiyalarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash loyihalarini kelishish.

36.   Gidrogeologik xulosa olish.

37.   Hisoblangan ish haqi summalari to‘g‘risidagi ma’lumot.

38.   Harbiy ro‘yxatga qo‘yish va undan chiqarish.

Поделиться:
Единый портал интерактивных государственных услуг
Национальный правовой информационный центр