Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Yer resurslarining holati boʻyicha milliy hisobotni yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” qaror qabul qildi. (https://lex.uz/en/pdfs/6648587)
Qarorga muvofiq:
2024-yil 1-yanvarga qadar “Yer hisobot” avtomatlashtirilgan axborot tizimi ishga tushiriladi.
Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi “Yer hisobot” AAT operatori hisoblanadi.
Yer hisobotiga oʻzgartirishlar kiritish, yerlarni toifalarga ajratish va bir toifadan boshqasiga oʻtkazish natijalari vakolatli davlat organlarining qarorlari asosida “Yer hisobot” AATga kiritib boriladi.
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining yer resurslarini xatlovdan oʻtkazish natijalarini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarorlari real vaqt rejimida “E-qaror” elektron tizimi orqali “Yer hisobot” AATga taqdim etib boriladi.
️Mahalliy ijro etuvchi xokimiyat organlarining yer resurslarini xatlovdan oʻtkazish va uning natijalarini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarorlari yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun asos boʻlmaydi.