26 iyun - Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni
2-iyul – O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kun!

2-iyul – O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kun!

02 iyul 2026

Bugun milliy g'ururimiz, mustaqilligimiz va davlatchiligimiz timsoli bo‘lgan Davlat gerbi qabul qilinganiga 34 yil to‘ldi.

Gerbimizdagi har bir ramz — Humo qushining qanotlaridan tortib, vodiylarimizning cheksiz barakasi, asriy tariximiz va yorug‘ kelajagimizni aks ettiradi. Ushbu muqaddas timsol har birimizni yurt ravnaqi va raqamli kelajak sari birlashishga undaydi.

Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi jamoasi barcha yurtdoshlarimizni mazkur qutlug‘ sana bilan chin qalbdan muborakbod etadi!

Yurtimiz tinch, sarhadlarimiz omon, mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!

Поделиться:
Единый портал интерактивных государственных услуг
Национальный правовой информационный центр