2022-yilgi xalqaro reytinglarda O‘zbekistonning raqamlashtirish bo‘yicha o‘rni sezilarli yuqoriladi

2022-yilgi xalqaro reytinglarda O‘zbekistonning raqamlashtirish bo‘yicha o‘rni sezilarli yuqoriladi

Masalan, Jahon bankining “GovTech Enablers” indeksiga muvofiq, raqamli ko‘nikmalar va davlat xizmatlaridagi innovatsiyalar bo‘yicha mamlakatimiz dunyoda 4-o‘rinni egallab, 2020-yilga nisbatan 65 pog‘ona yuqoriladi.

O‘zi mamlakatlar reytingi nima uchun kerak?

Eng avvalo, mamlakatning jahon miqyosida obro‘sini yuksaltirish, mavqeini mustahkamlash va shaffoflikni ta’minlash uchun.

Oxirgi 5-10 yillikda dunyoda turli reytinglar juda mashhur bo‘ldi. Ayniqsa, xalqaro reytinglar mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy ahvolini, infratuzilmaviy va raqamli rivojlanish holatini, sog‘liqni saqlash tizimi, davlat boshqaruvi sifatini, inson huquqlari himoyasi hamda aholining turmush darajasini baholash imkoniyatini yaratmoqda.

Endi dunyo davlatlari bunday reytinglarga asoslanib, moliyaviy aktivlarini qayerga yo‘naltirishni, kim bilan qanday hamkorliklarni yo‘lga qo‘yishni muhokama qilib, hatto investitsiya kiritishga qulay muhit mavjud bo‘lgan mamlakatlarni o‘rganishyapti va tanlashyapti.

2022-yilgi xalqaro reytinglarda O‘zbekistonning raqamlashtirish bo‘yicha o‘rni sezilarli yuqoriladi.

Masalan, Jahon bankining “GovTech Enablers” indeksiga muvofiq, raqamli ko‘nikmalar va davlat xizmatlaridagi innovatsiyalar bo‘yicha mamlakatimiz dunyoda 4-o‘rinni egallab, 2020-yilga nisbatan 65 pog‘ona yuqoriladi.

“GovTech Maturity Index” natijalariga ko‘ra, hukumat va davlat xizmatlari sektori bo‘yicha O‘zbekiston 37 pog‘ona yuqorilab, 198 mamlakat ichida 43-o‘rinni egalladi va raqamli transformatsiya sohasida yetakchi mamlakatlarning “A” guruhiga kirdi.

Shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan har 2 yilda bir marta o‘tkaziladigan Elektron hukumat reytingining joriy yilgi natijasida O‘zbekiston bir yo‘la 18 pog‘ona yuqorilab, 193 ta mamlakat orasida 69-o‘rinni egalladi hamda “yuqori/juda yuqori rivojlanuvchi” mamlakatlar qatoriga kirdi.

“Oxford Insights” tomonidan o‘tkazilgan  “Hukumatning sun’iy intellektga tayyorlik indeksi” (“Government Artificial Intelligence Rea dines Index”) tahlilida 2022 yil mamlakatimiz 160 ta davlat ichida 14 pog‘ona yuqorilab, 79-o‘ringa ko‘tarildi (2021-yilda 93-o‘rin).

The Economist Intelligence Unit tomonidan har yili e’lon qilinadigan “Inclusive Internet” indeksida esa yurtimiz o‘tgan yilga nisbatan 5 pog‘onaga ko‘tarilib (2021 yilda 66-o‘rin), 2022-yilda 61-o‘rindan joy oldi.

“Open data Inception” tahliliga ko‘ra esa O‘zbekistonimiz dunyoning 201 ta mamlakatlari orasida ochiq ma’lumotlar manbalari va ular soni bo‘yicha o‘tgan yilga nisbatan 1 pog‘ona yuqorilab, 4-o‘rinni egalladi (124 ta ochiq ma’lumotlar manbalari bilan).

Поделиться:
Единый портал интерактивных государственных услуг
Национальный правовой информационный центр