
Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi jamoasi yurtimizdagi barcha bitiruvchilarni, ularning ustoz va ota-onalarini unutilmas bayram bilan chin qalbdan muborakbod etadi!
Bugungi yoshlar — Yangi O‘zbekistonning raqamli kelajagi, ertangi kunimizning drayverlaridir. Sizning bilimingiz, intellektual salohiyatingiz va zamonaviy AKT sohasidagi ko‘nikmalaringiz mamlakatimiz taraqqiyotida muhim poydevor bo‘lib xizmat qiladi.
Maqsadlarni katta qo‘ying! Hech qachon o‘rganishdan va yangilikka intilishdan to‘xtamang!
Vaqtingizni qadrlang. Zero, zamonaviy dunyoda eng oliy qadriyat — bu vaqt va bilim.
Raqamli dunyo imkoniyatlaridan unumli foydalaning! Davlatimiz tomonidan siz uchun yaratilgan barcha raqamli qulayliklar va ta'lim platformalari yangi marralarni zabt etishingizda qanot bo‘lsin.
Kelgusi o‘qish va ishlaringizda ulkan zafarlar tilaymiz! Katta hayot yo‘lingiz hamisha munavvar bo’lsin!