
Yurtimizning barcha hududlarida “my.gov.uz — davlat xizmatlari oson va qulay” loyihasi doirasida aholining barcha qatlamlari uchun oʻquv seminarlari keng qamrovda tashkil etilmoqda. Mazkur tadbirlardan koʻzlangan asosiy maqsad — fuqarolarga elektron davlat xizmatlaridan mustaqil va samarali foydalanishni oʻrgatish hamda ularning raqamli koʻnikmalarini rivojlantirishdan iborat.
Loyiha doirasidagi navbatdagi amaliy va interaktiv ruhdagi seminarlar quyidagi maskanlarda yuqori saviyada tashkil etildi:
Tadbirlarda mahalla yettiligi vakillari, hokim yordamchilari, oʻqituvchilar, tibbiyot xodimlari va keng jamoatchilik vakillari faol ishtirok etishdi.
Unda mutaxassislar tomonidan my.gov.uz portali orqali ariza topshirish, ortiqcha qogʻozbozlik va vaqt sarfining oldini olish hamda platformaning eng soʻnggi qulayliklari haqida batafsil maʼlumot berildi.
Ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, interaktiv xizmatlardan real vaqt rejimida foydalanish koʻnikmalarini mustahkamladilar.
Bu kabi amaliy seminarlar respublikamiz boʻylab davom etmoqda.