Kuni kecha Prezident Shavkat Mirziyoyevga taqdim etilgan takliflarda sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirish masalalari alohida o‘rin oldi.
Tez tibbiy yordam xizmati telemetrik EKG, monitorli defibrillyatorlar bilan jihozlanadi, EKG natijalari esa sun’iy intellekt orqali tahlil qilinib, axborot tizimi orqali shifoxonalarga real vaqt rejimida uzatiladi.
🔹 Infarkt va insult holatlarida “oltin soat” tamoyilini ta’minlash uchun tez tibbiy yordam brigadalari va stasionar muassasalar o‘rtasida raqamli ma’lumot almashuvi yo‘lga qo‘yiladi.
🔹 Stasionar tibbiyot muassasalarida insultni AI asosida tashxislash, bemorlarning harakat marshrutini to‘liq raqamlashtirish amaliyotga joriy etiladi.
🔹 “Elektron sog‘liqni saqlash” axborot tizimida bemorlar va xavf guruhidagi aholining elektron reyestri shakllantiriladi.
Qon xizmatida ham raqamli yechimlar keng joriy etiladi:
— “Qon mahsulotlari elektron hisobi” axborot tizimi orqali qon va uning tarkibiy qismlari harakati nazorat qilinadi;
— muassasalar zaxirasi onlayn monitoring qilinadi;
— shoshilinch tibbiy yordam bilan integratsiyalangan holda elektron buyurtma berish imkoniyati yaratiladi.
Bu islohotlar tibbiy xizmat sifatini oshirish, inson omilini kamaytirish va aholi salomatligini muhofaza qilishda raqamli texnologiyalarning hal qiluvchi o‘rnini yanada mustahkamlaydi.