Aloqa harbiy instituti kursantlari uchun seminar-trening tashkil etildi

Aloqa harbiy instituti kursantlari uchun seminar-trening tashkil etildi

12 yanvar 2024

Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi xodimlari tomonidan joriy yil 12-yanvar kuni Mudofaa vazirligi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti 5-bosqich kursantlari uchun my.gov.uz imkoniyatlariga doir seminar-trening oʻtkazildi.

O'quv mashg'uloti davomida ishtirokchilarga my.gov.uz portalida joriy etilgan imkoniyatlar, yangi turdagi elektron xizmatlar va ulardan foydalanish tartiblari tushuntirildi. Shu bilan birga, vazirlik va idoralarning axborot tizimlari o‘rtasida elektron hamkorlik amalga oshirilishi tartiboti to'g'risida ma'lumotlar berildi.

Tadbir davomida kursantlar elektron davlat xizmatlaridan foydalanish jarayonida yuzaga kelgan savollarga soha mutaxassislaridan javoblar olishdi hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalini takomillashtirish, shuningdek, xavfsizligini oshirish yuzasidan takliflar berishdi.

Поделиться:
Единый портал интерактивных государственных услуг
Национальный правовой информационный центр