

Musobaqada ilk bor ishtirok etgan Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi jamoasi guruh bosqichida muvaffaqiyatli qatnashib, “A” guruhida 2-o‘rinni egalladi va chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Chorak finalda UNICON.UZ jamoasi ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozongan jamoamiz yarim finalga yo‘l oldi.
Yarim finalda MATB jamoasiga qarshi kechgan murosasiz bahsdan so‘ng jamoamiz musobaqani faxrli 3-o‘rin bilan yakunlab, Oliy liga saralash bosqichi yo‘llanmasiga sazovor bo‘ldi.
Jamoa sardori, Markaz direktorining birinchi o‘rinbosari Shoraxmedov Djasur Shukratjanovich o‘zining yetakchilik fazilatlari va maydondagi faolligi bilan jamoaning muvaffaqiyatiga munosib hissa qo‘shdi.
Musobaqa davomida Nuriddinov Oybek Muxammad o‘g‘li, Usmonjonov Murodjon Ziyodulo o‘g‘li, Jolmurzayev Temirlan Abay o‘g‘li hamda Raxmatullayev Valijon Farxadovich tomonidan kiritilgan gollar jamoamizning muhim g‘alabalariga zamin yaratdi.
Darvozabon Dadamuxamedov Dilmurod Rustam o‘g‘li esa ishonchli o‘yini bilan ko‘plab xavfli vaziyatlarning oldini olib, jamoa muvaffaqiyatida muhim rol o‘ynadi.
Jamoamizni musobaqadagi muvaffaqiyatli ishtiroki bilan tabriklaymiz!
Futbolchilarimiz va qo‘llab-quvvatlagan barcha muxlislarga tashakkur.
Oliy liga saralash bosqichida yangi g‘alabalar tilaymiz!