Prezident qaroriga ko‘ra, Apellyasiya kengashlariga davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali shikoyat qilish mumkin bo‘ladi.
Apellyasiya kengashlari shikoyat bo‘yicha quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
Apellyasiya kengashlarining qarorlari 3 ish kunidan kechiktirmay “E-qaror” elektron tizimida joylashtiriladi.
Apellyasiya kengashlarining qarorlari tegishli davlat organlari va tashkilotlari uchun majburiy hisoblanadi.
Ma’muriy hujjatini o‘zgartirish, qisman yoki to‘liq bekor qilish haqida qaror qabul qilinganda, davlat xizmatini ko‘rsatish bo‘yicha berilgan ariza YIDXP va (yoki) tegishli tizimda qayta ko‘rib chiqish bosqichiga qaytariladi. Bunda fuqaro davlat xizmatini ko‘rsatish bo‘yicha qayta ariza berish talab etilmaydi.
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida apellyasiya kengashlarining qarorlarini manfaatdor shaxslarning shaxsiy kabinetiga yuborish imkoni yaratiladi.
Apellyasiya kengashlariga shikoyat qilish ixtiyoriy, bu fuqarolarning bevosita sudga murojaat qilish huquqini cheklamaydi.
#Qonunchilikdagi_yangiliklar