Avgust oyida Top-10 rasmiy veb-saytlar

Avgust oyida Top-10 rasmiy veb-saytlar

14 sentyabr 2022

Hozirgi kunda biror davlat idorasiga ishimiz tushsa, u haqida ma’lumot olish uchun darrov Internetga yuzlanamiz. Masalan, o‘sha tashkilotning rasmiy veb-saytiga kirib, manzili, qabul kunlari, rahbari kabi o‘zimiz uchun kerakli ma’lumotlarni qidiramiz.

Shunday paytlarda izlaganimizni topsak, ishimiz yengil bitganidan quvonamiz. Biroq ba’zan bo‘m-bo‘sh sahifalar yoki eski ma’lumotlar hafsalamizni pir qilib ham turadi. 

Bugun davlat idoralarining rasmiy veb-saytlari qay darajada foydalanuvchilar talablariga javob beradi?

Bunga oydinlik kiritish uchun Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi tomonidan vazirlik va idoralar hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining rasmiy veb-saytlari tahlil qilindi.

Tahlil mavjud qonunchilik talablari va BMTning “Elektron hukumat reytingi” talablaridan kelib chiqib amalga oshirildi. Jami 45 ta ko‘rsatkichlar asosida avgust oyi uchun veb-saytlar reytingi shakllantirildi.

Tahlil natijalariga ko‘ra, quyidagi vazirlik va tashkilotlar rasmiy veb-saytlari Top-10 talikdan joy oldi:

  1. Xalq ta’limi vazirligi;
  2. Davlat statistika qo‘mitasi;
  3. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi;
  4. Sog‘liqni saqlash vazirligi;
  5. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi;
  6. Toshkent shahar hokimligi;
  7. Markaziy bank;
  8. Davlat soliq qo‘mitasi;
  9. “O‘zArxiv” agentligi;
  10. Navoiy viloyati hokimligi.
Поделиться:
Единый портал интерактивных государственных услуг
Национальный правовой информационный центр