Raqamli hukumat markazida “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi toʻgʻrisida”gi Qonuni qabul qilingan kun munosabati bilan tadbir boʻlib oʻtdi.
Markazning Yuridik boʻlimi tomonidan tashkil etilgan tadbirda xodimlarga “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi toʻgʻrisida”gi Qonunning mazmun-mohiyatini tushuntirish barobarida, har bir davlat ramzi barchamizning faxrimiz, gʻururimiz, muqaddas timsollarimiz ekanligi taʼkidlandi.
O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i oldida Markaz xodimlari tomonidan Davlat madhiyasi ko‘tarinki ruhda va jamoaviy tarzda jo‘r bo‘lib etildi.