Bizda chet elliklar uchun alohida elektron xizmatlar mavjudmi?

Bizda chet elliklar uchun alohida elektron xizmatlar mavjudmi?

09 yanvar 2023

Yoki xorijliklar ham my.gov.uz portalidan foydalanish imkoniyatiga egami? Keling, bu haqda atroflicha gaplashamiz.

Aytaylik, O‘zbekistonga xorijdan mehmon tashrif buyurdi. Dastavval u Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi yoki Davlat xizmatlari markazlariga murojaat etishi va shaxsiy identifikatsiya raqami, zarur hollarda esa, elektron raqamli imzo olishi kerak bo‘ladi.

Shu tariqa mehmonimizga Id.egov.uz tizimida ro‘yxatdan o‘tish imkoniyati beriladi. Endi u my.gov.uz xizmatlaridan foydalanish orqali:

  • Biznesni ro‘yxatdan o‘tkazish;
  • Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limiga elektron navbatni rasmiylashtirish;
  • Vaqtinchalik yashash joyida buxgalteriya hisobini yuritish;
  • Soliq organlari oldidagi qarzlarini kuzatish kabi bir qancha qulayliklarga ega bo‘ladi.

Elektron raqamli imzo olgan migrantlar esa O‘zbekiston fuqarolari singari yuridik shaxslarga mo‘ljallangan xizmatlardan foydalanish huquqini ham qo‘lga kiritishlari mumkin.

Shu o‘rinda yurtimizga tashrif buyurgan xorijliklarga bir nechta foydali ma’lumotlarni yetkazmoqchimiz.

Endilikda xorijliklar ham Yagona transport kartasini xarid qilish orqali Toshkent shahridagi jamoat transportlarida yurish haqini oson to‘lash imkoniyatiga ega.

Shuningdek, o‘zlariga ma’qul mobil aloqa kompaniyasini tanlashi mumkin. Ro‘yxatdan o‘tishda ikkita hujjatni taqdim etsa kifoya.

  • milliy yoki xorijiy pasport;
  • O‘zbekiston hududida vaqtincha yashash huquqini tasdiqlovchi hujjat.

Eslatib o‘tamiz! Ulanishning minimal qiymati taxminan 1 dollarni tashkil qiladi.

O‘zbekistonda shoshilinch tez tibbiy yordam bepul ko‘rsatiladi. Hatto xorijliklar ham tez tibbiy yordam xizmatidan foydalanish huquqiga ega.

Mehmonlarimizga O‘zbekistonda bo‘lish vaqtida tibbiy xarajatlarni sug‘urtalash polisini xarid qilishni ham tavsiya etamiz. Bu ularga kutilmagan holatlarda zarur tibbiy yordam uchun sug‘urta badalini tezkor olishni kafolatlaydi.

Поделиться:
Единый портал интерактивных государственных услуг
Национальный правовой информационный центр