
Masofalarni yaqin qiladigan, ishimizni osonlashtiradigan va imkoniyatlarimizni kengaytiradigan soha bayrami muborak bo‘lsin!
Bugun Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi xodimlari kuni. Bu nafaqat texnik mutaxassislar, balki raqamli dunyoning faol ishtirokchisi bo‘lgan har bir yurtdoshimiz bayrami. Zero, biz yaratayotgan platformalar aholimiz hayoti yaxshilanishiga xizmat qiladi.
Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi jamoasi barcha soha vakillarini qutlaydi!
Maqsadi yuksak, intilishi kuchli va kelajakka ishonch bilan qaraydigan barchaga omad yor bo‘lsin.
Raqamli O‘zbekistonni birgalikda barpo etamiz!