2025-yil 25-iyun kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Davlat xizmatlari forumi doirasida “E-Government Recognition Session” (Elektron hukumatdagi e’tirof sessiyasi) bo‘lib o‘tdi. Mazkur sessiyada raqamli hukumat sohasida jahon darajasida salmoqli yutuqlarga erishgan davlatlar turli yo‘nalishlarda taqdirlandi.
Forumda O‘zbekistonda so‘nggi yillarda raqamli hukumat sohasini rivojlantirish borasida amalga oshirilgan ishlar alohida e’tirof etildi. Xususan, quyidagi yutuqlar xalqaro ekspertlar tomonidan yuqori baholandi:
Forumda, shuningdek, Osiyo mintaqasidagi bir qator davlatlar — sun’iy intellekt, kiberxavfsizlik va kichik biznesni raqamlash orqali taraqqiyotga erishgan mamlakatlar ham taqdirlandi.
O‘zbekistonning mazkur xalqaro maydondagi e’tirofi – yurtimizda raqamli transformatsiya sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning samarasidir.