2025-yil 24-sentabr kuni O‘zbekiston AKT haftaligi doirasida BMT ESCAPning AKT va tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish bo‘yicha mutaxassisi A.Karajanova bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
“Raqamli hukumat” loyihalarini boshqarish markazida boʻlib oʻtgan uchrashuvda Oʻzbekiston Respublikasi “Raqamli hukumati”ning bugungi holati va rivojlanish istiqbollari haqida maʼlumot berildi.
Oʻz navbatida xalqaro ekspert BMT ESCAPning raqamli transformatsiya boʻyicha olib borayotgan faoliyati haqida taqdimot qildi. Shu o‘rinda davlat-xususiy sherikchilik muhimligini ta’kidlab, kichik va o‘rta biznesning roliga alohida to‘xtalib o‘tdi.
A.Karajanova raqamli transformatsiya sohasidagi ma’lumotlarni tahlil qilish bo‘yicha BMT ESCAAP metodologiyasi bilan ham tanishtirdi. Shuningdek, u Markaziy Osiyo mamlakatlarida AKT infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalarga baho berdi.
A.Karajanova O‘zbekiston Respublikasining raqamli ekotizimini rivojlantirish bilan bog‘liq yangi loyihalarni BMT ESCAAPning 2027-2030 yillar uchun “Yo‘l Xaritasi” doirasida ilgari surishda tayyorligini bildirdi. Uchrashuv yakunida loyiha faoliyati bo‘yicha hamkorlikning keyingi bosqichlari kelishib olindi.