Bugun ularni yodga oldik...

Bugun ularni yodga oldik...

27 dekabr 2022

Xalqimiz azaldan Ona siymosi, ayol zotini Yaratganning tengsiz ne’mati va mo‘’jizasi deb biladi, uni hamisha asrab-ardoqlaydi.

O‘zbek ma’rifatparvar ayollari haqida gap ketganda, ko‘z oldimizda Nodirabegim, Uvaysiy, Anbar Otin, Zulfiya va Saida Zunnova singari o‘z hayot yo‘li va ijod namunalari bilan mehrimizni qozongan noyob iste’dodlar siymosi gavdalanadi.

Joriy yilning 26 dekabr kuni Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazida “Ma’rifatparvar ayollarimizning ibratli hayot yo‘li” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbir Markazning yetakchi mutaxassisi, xotin-qizlar ishlari bo‘yicha mas’ul Umida Gulyamova tomonidan tayyorlangan taqdimotdan boshlandi. Unda ma’naviyati va ma’rifati, fidoyiligi, zahmatkashligi, qalbining go‘zalligi bilan o‘zbek ayollari siymosini dunyoga tanitgan, kelajak avlodlarga o‘rnak bo‘lishga hamisha munosib olimalarimiz haqida so‘z yuritildi.

Davra suhbati davomida Nodirabegim, Uvaysiy, Zulfiya va Saida Zunnova singari ma’rifatparvar ayollarimizning ibratli hayot yo‘li hamda ijod namunalari yodga olindi.

Поделиться:
Единый портал интерактивных государственных услуг
Национальный правовой информационный центр