Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni munosabati bilan tadbir oʻtkazildi

Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni munosabati bilan tadbir oʻtkazildi

05 may 2025

Koʻpchilikka ma’lumki, har yili 28-aprel – Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni (World Day for Safety and Health at Work) sifatida nishonlanadi. Mazkur sana 2003-yildan beri Xalqaro mehnat tashkiloti (ILO) tashabbusi bilan oʻtkazib kelinmoqda.

Ushbu kunning maqsadi — ish joylarida mehnat xavfsizligi va sogʻlom mehnat sharoitlarini taʼminlash muhimligini targʻib qilish, mehnat jarayonida sodir boʻladigan baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklarini kamaytirishdan iboratdir. 

Shu munosabat bilan, “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi”da ushbu sanaga bagʻishlab tadbir o’tkazildi. 

Unda ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida “Alskom” sugʻurta kompaniyasi vakili, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqaro muhofazasi instituti professor-oʻqituvchilari taqdimot qilib, xodimlarni ish joylarida tabiiy ofatlardan muhofaza qilish, evakuatsiya va shikastlanganlarga birinchi yordam koʻrsatish bo’yicha amaliy mashgʻulotlar oʻtakazishdi. 
 

Поделиться:
Единый портал интерактивных государственных услуг
Национальный правовой информационный центр