O'zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35 yilligi banneri
Butunjahon sun’iy intellekt konferensiyasida O‘zbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etmoqda

Butunjahon sun’iy intellekt konferensiyasida O‘zbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etmoqda

17 iyul 2026

Xitoyning Shanxay shahrida eng nufuzli global tadbirlardan biri — Butunjahon sun’iy intellekt konferensiyasi (WAIC) o‘z ishini boshladi.

Nufuzli xalqaro anjumanning ochilish marosimida Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin ishtirok etdi va nutq so‘zladi.

Ushbu yirik global platformada mamlakatimiz delegatsiyasi ham faol ishtirok etmoqda. Xususan, xalqaro tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov qatnashmoqda.

Joriy yilgi WAIC raqamlarda:

  • Bu yilgi konferensiya o‘zining ko‘lami va qamrovi bilan ajralib turibdi:
  • 140 dan ortiq forum, panel sessiyalari va ochiq muhokamalar;
  • Dunyoning turli mamlakatlaridan 1400 nafardan ziyod yetakchi ekspert va soha vakillari;
  • 1100 dan ortiq yetakchi texnologik kompaniyalar;
  • Ilk bor keng jamoatchilikka taqdim etilayotgan 300 dan ortiq yangi innovatsion mahsulot va yechimlar.

Tadbir davomida ishtirokchilar va soha ekspertlari sun’iy intellekt, raqamli iqtisodiyot va innovatsiyalarning bugungi holati hamda kelajagini muhokama qilmoqdalar. Asosiy e'tibor quyidagi masalalarga qaratilgan:

  • AI sohasida xalqaro hamkorlikni kuchaytirish va ilg‘or tajribalarni almashish;
  • Sun’iy intellekt texnologiyalarini real sektor va amaliyotga samarali joriy etish;
  • Global AI boshqaruvi mexanizmlarini takomillashtirish.

O‘zbekiston delegatsiyasining ushbu tadbirdagi ishtiroki mamlakatimizda raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt ekotizimini rivojlantirishda xalqaro tajribani tatbiq etish hamda yangi hamkorlik aloqalarini o‘rnatish uchun muhim maydon bo‘lib xizmat qiladi.

Поделиться:
Единый портал интерактивных государственных услуг
Национальный правовой информационный центр