

Buyuk Britaniya hukumati davlat boshqaruvi va xizmatlarini modernizatsiya qilish maqsadida barcha davlat organlari uchun majburiy bo‘lgan «Raqamli rahbarlar» (Digital Leaders) tizimini rasman kuchga kiritdi.
Yangi qoidalarga ko‘ra, raqamli texnologiyalardan xabardor bo‘lmagan amaldorlarning yuqori lavozimlarda qolishi taqiqlanadi.
Fan, innovatsiyalar va texnologiyalar vazirligi (DSIT) tomonidan taqdim etilgan yangi strategik dasturga muvofiq, mamlakatdagi barcha markaziy va mahalliy davlat idoralari o‘z boshqaruv tizimini tubdan o‘zgartirishga majbur.
Yangi tizimning asosiy talablari:
Eski tizimdan nega voz kechilmoqda?
Britaniya huqumatining rasmiy tahlili ko‘rsatishicha, ilgari raqamli transformatsiya bo‘yicha qarorlar faqat axborot texnologiyalari mutaxassislari tomonidan emas, balki texnologiyalardan uzoq bo‘lgan yuqori mansabli siyosiy rahbarlar tomonidan qabul qilingan. Bu esa milliardlab funt sterling budjet mablag‘larining noto‘g‘ri sarflanishiga va loyihalarning muvaffaqiyatsizligiga olib kelgan.
Yangi tizim raqamlashtirishni shunchaki «qo‘shimcha xarajat» emas, balki davlat boshqaruvining asosiy harakatlantiruvchi kuchi (value driver) sifatida belgilamoqda.
Ekspertlar nima deydi?
Buyuk Britaniya kadrlar bozori ekspertlari ushbu qaror ortidan davlat sektorida yuqori texnologiyali rahbar kadrlarga bo‘lgan talab keskin oshib ketishini ta’kidlamoqdalar. Davlat idoralari endilikda sun’iy intellekt, kiberxavfsizlik va katta ma’lumotlar (Big Data) bilan ishlay oladigan kuchli menejerlarni xususiy sektordan jalb qilish ustida bosh qotirmoqdalar.
Mamlakat hukumati ushbu islohot evaziga davlat xizmatlarini to‘liq qog‘ozsiz va proaktiv (fuqaro so‘rashini kutmasdan xizmat ko‘rsatish) formatga o‘tkazishni rejalashtirgan.