Mudofaa vazirligiga chaqiruv — endi elektron shaklda amalga oshiriladi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Mudofaa vazirligi boshqarma boshlig‘i Temur Narziyev ma’lum qildi.
Qanday amalga oshadi?
Chaqiruv elektron tarzda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz orqali yuboriladi. Xabarnoma mobil ilovaning “Xabarlar” bo‘limida aks etadi.
Chaqiruvchi fuqaro:
⏺tug‘ilganlik guvohnomasi,
⏺shaxsiy pasporti,
⏺ harbiy hisob hujjatlari bilan belgilangan vaqtda hududiy mudofaa bo‘limiga yetib kelishi shart.
Hozircha tizim test rejimida ishlayapti — shu bois qog‘ozdagi chaqiruv qog‘ozlari ham amalda qolmoqda.
Kontrakt asosida xizmatga kirmoqchimisiz?
Endilikda kontrakt xizmatiga arizalarni onlayn tarzda topshirish mumkin. Bu — sun’iy to‘siqlar, ovoragarchilik va korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan muhim qadam.
Psixologik testlar ham raqamlashdi
Barcha psixologik saralash testlari elektron va shaffof tarzda o‘tkaziladi. Qog‘oz va trafaret usuli — o‘tmishda qoldi.
Raqamlashtirish — ochiqlik, tezkorlik va shaffoflik sari muhim qadam!