26 iyun - Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni
Dam olish kuni mazmunli o‘tdi: Raqamli hukumat markazi jamoasi Islom sivilizatsiyasi markazida

Dam olish kuni mazmunli o‘tdi: Raqamli hukumat markazi jamoasi Islom sivilizatsiyasi markazida

30 iyun 2026

Ishdan tashqari vaqtni oila davrasida va ma’naviy hordiq bilan o‘tkazishdan yaxshisi yo’q.

Joriy yilning 28-iyun kuni Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi xodimlari va ularning oila a’zolari uchun poytaxtimizning eng muazzam maskanlaridan biri — Islom sivilizatsiyasi markaziga sayohat tashkil etildi.

Bu maskan uchinchi Renessans poydevorini o‘zida mujassam etgan yirik ilmiy va boy madaniy markazdir. Unda ajdodlarimizning dunyo ilm-fani (matematika, astronomiya, tibbiyot) rivojiga qo‘shgan hissasi zamonaviy texnologiyalar yordamida jonlantirilgan.

Tarix va kelajak uyg’unlashgan sayohatdan katta taassurotlar esdalik qoldi. Xodimlarni gologrammalar va interaktiv ekranlar orqali tariximiz qanchalik mukammal aks ettirilgani quvontirdi. Buyuk bobokalonlarimiz merosi xodimlar farzandlarini ruhlantirib, ular uchun unutilmas dars bo’ldi. 

Xulosa o‘rnida hafta oxirini qayerda o‘tkazishni rejalashtirayotgan yurtdoshlarimiz uchun Islom sivilizatsiyasi markaziga borishni munosib tavsiya deb bilamiz. Bu ham sayohat, ham katta ma’naviy ozuqadir!
 

Поделиться:
Единый портал интерактивных государственных услуг
Национальный правовой информационный центр