Endi davlat pensiyalarini tayinlash YAMMT IDAKga kiritilgan elektron maʼlumotlar asosida amalga oshiriladi.
Fuqarolardan ish staji va ish haqi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni raqamlashtirish lozim boʻladi. Maʼlumotlar raqamlashtirilganini my.mehnat.uz yoki my.gov.uz portalidan roʻyxatdan oʻtgan holda tekshirish mumkin.
Mehnat faoliyatini davom ettirayotgan fuqarolar ish joyidagi kadrlar boʻlimiga murojaat qilib, mehnat daftarchasi hamda diplom maʼlumotlarini YAMMT idoralararo dasturiy-apparat kompleksiga kiritishi lozim boʻladi.
Mehnat faoliyatini tugatganlar esa istalgan Bandlikka koʻmaklashish markazlariga murojaat qilib, mehnat daftarchasidagi maʼlumotlarni YAMMT idoralararo dasturiy-apparat kompleksiga kiritish xizmatidan foydalanish huquqiga ega.
Ushbu xizmat bepul amalga oshiriladi.
Pensiya miqdori ish staji va ish haqiga bogʻliqdir!
Qoʻshimcha savollar boʻyicha Pensiya jamgʻarmasi “Ishonch telefoni” 11-40 qisqa raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.