Davlat sektorida strategik kommunikatsiya: Toshkentda xalqaro seminar bo‘lib o‘tdi

Davlat sektorida strategik kommunikatsiya: Toshkentda xalqaro seminar bo‘lib o‘tdi

22 may 2025

2025-yil 20-21-may kunlari Toshkent shahrida “Strategik kommunikatsiyalar va yangi tarmoq strategiyalari haqida xabardor qilish” mavzusida xalqaro seminar tashkil etildi.

Tadbir Latviya moliyalashtirish va shartnomalar bo‘yicha markaziy agentligi (CFLA) tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi hamkorligida hamda Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) ko‘magida o‘tkazildi.

Ushbu nufuzli tadbirda asosiy vazirliklar va idoralarning mutasaddilari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. 



 

Seminarning ochilishida so‘zga chiqqan ma’ruzachilar strategik kommunikatsiyaning ahamiyatiga, axborot bilan ishlash mas’uliyati va madaniyatiga alohida to‘xtaldi. Ta’kidlanganidek, O‘zbekistonda internet foydalanuvchilar soni so‘nggi yetti yilda 14 milliondan 32 milliongacha ko‘paydi.



Shuningdek, davlat organlarining jamoatchilik fikriga munosabat bildirish darajasi 2019 yildagi 15 foizdan 2025 yilga kelib 95 foizgacha oshgani qayd etildi. Bu esa davlat organlarining xalqqa ochilganidan dalolat beradi.



Seminar doirasida latviyalik mutaxassislar tomonidan amaliy treninglar tashkil etildi. Ular o‘zlarining davlat kommunikatsiyalari sohasidagi boy tajribalari, innovasion yondashuvlari va amaliy yechimlari bilan o‘rtoqlashdilar.

Поделиться:
Единый портал интерактивных государственных услуг
Национальный правовой информационный центр