Davlat tashkilotlarining raqamli transformatsiya holati reyting natijalari e’lon qilindi

Davlat tashkilotlarining raqamli transformatsiya holati reyting natijalari e’lon qilindi

04 sentyabr 2023

BMTning Elektron hukumatni rivojlantirish indeksining 2022-yilgi reytingi natijasiga ko‘ra O‘zbekiston o‘tgan davr natijasidan 18 pog‘ona yuqorilab, 195 ta mamlakat ichida 69-oringa koʻtarilib, eng tez suratlarda o‘sayotgan davlatlar qatoriga kirdi.

Ushbu xalqaro reyting ko‘rsatkichlari asosida O‘zbekistondagi davlat va xo‘jalik hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida (keying o‘rinlarda – davlat tashkilotlari) raqamli transformatsiya holatini reyting baholash metodikasi ishlab chiqilgan bo‘lib, mazkur metodika doimiy ravishda takomillashtirib borilmoqda.

2023-yil I yarim yillik yakuni bo‘yicha raqamli transformatsiya holatini reyting baholash jarayonida 43 ta davlat organi, 38 ta xo‘jalik organi va 14 ta mahalliy hokimliklar: jami 95 ta davlat tashkilotlari qamrab olindi.

Reyting baholash ishlari 5 ta yo‘nalishda amalga oshirildi:

- Ochiqlik va elektron ishtirok;

- Elektron davlat xizmatlari;

- Axborot xavfsizligi;

- Faoliyatning raqamlashtirilganligi;

- Tashkiliy masalalar.

Reyting natijalari quyidagi tartibda 3 ta toifaga ajratiladi:

71 dan 100 ballgacha — “yashil” (yaxshi);

55 dan 71 ballgacha — “sariq” (qoniqarli);

55 dan pasti — “qizil” (qoniqarsiz).

Baholash natijalariga ko‘ra:

Yaxshi - “yashil” ro‘yxatga jami 38 ta;

Qoniqarli - “sariq” ro‘yxatga jami 41 ta;

Qoniqarsiz - “qizil” ro‘yxatga jami 17 ta tashkilot kirdi.

Batafsil ma’lumot

Поделиться:
Единый портал интерактивных государственных услуг
Национальный правовой информационный центр