“Digital inclusion” tamoyili asosida trening

“Digital inclusion” tamoyili asosida trening

15 noyabr 2024

Bugun, 15-noyabr kuni “Raqamli hukumat” loyihalarini boshqarish markazi tomonidan nogironligi bo‘lgan shaxslarni my.gov.uz portalidan foydalanishga o‘rgatishga qaratilgan amaliy seminar tashkil etildi.

“Sharoit plyus” nogironlar jamoat birlashmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbir ishtirokchilariga raqamli formatda keng ko‘lamli davlat xizmatlaridan foydalanish imkonini beruvchi my.gov.uz portalining imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berib o‘tildi.

Seminardan ko‘zlangan maqsad nogironligi bo‘lgan shaxslarning ijtimoiy inklyuzivligini oshirish, ularning raqamli savodxonlik darajasini rivojlantirish va davlat xizmatlaridan foydalanishni osonlashtirishdan iborat. Ushbu loyiha inklyuziv jamiyat tamoyillarini qo‘llab-quvvatlaydi va O‘zbekistonda raqamli hukumatni rivojlantirishga qaratilgan sa’y-harakatlarni aks ettiradi.

Shu kabi amaliy mashg‘ulotlar nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun to‘liq inklyuzivlik va ulardan foydalanish imkoniyatini ta’minlash, barcha toifadagi fuqarolar uchun raqamli xizmatlardan foydalanishni yanada qulay va xavfsiz qilish maqsadida portal takomillashtirilgani bilan alohida ahamiyatga ega. Mutaxassislar portalning asosiy funksiyalarini namoyish etdilar va ishtirokchilarni qiziqtirgan barcha savollariga javob berishdi.

Malumot uchun, “Sharoit Plyus” jamiyati turli xil nogironlikka ega insonlar uchun “sharoit” yoki “imkoniyatlar”ni yaxshilash va yaratishni anglatadi. Nogironligi bo‘lgan shaxslar va ularning oila a’zolari huquqlarini himoya qilish va har taraflama rivojlanishlari uchun teng imkoniyatlar yaratishda davlat organlari va jamoat tashkilotlari bilan yaqindan hamkorlik qilish, nogironligi bo‘lgan shaxslarning o‘z ijodiy imkoniyatlarini amalda qo‘llashlari, aqliy va ma’naviy rivojlanishlari, ularning umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlar asosida o‘z zamonasining munosib vakillari bo‘lib yetishishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, xayriya faoliyatini amalga oshirishdan iborat.

Поделиться:
Единый портал интерактивных государственных услуг
Национальный правовой информационный центр