Ekspertlar yig‘ilishi o‘tkazildi

Ekspertlar yig‘ilishi o‘tkazildi

22 iyun 2023

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-maydagi “Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish uchun mas’ul xodimlari malakasini oshirish va reyting baholashni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 208-son qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan ekspertlar yig‘ilishi o‘tkazildi.

Raqamli texnologiyalar vaziriinng o‘rinbosari R.Karimjonov tomonidan o‘tkazilgan yig‘ilishda “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasi direktorining o‘rinbosari B.Uglamov hamda Malakani baholash va attestatsiyadan o‘tkazish bo‘limi bosh mutaxassisi N.Mamatova ishtirokchilarga qarorning mazmun mohiyati bo‘yicha tushunchalar berishdi.

Shuningdek, yig‘ilishda qaror bilan belgilangan vazifalar ijrosini samarali tashkil etish masalasi muhokama etildi. Vazirlik tomonidan shakllantirilgan ekspertlar guruhi faoliyatini tashkil etish bo‘yicha bir qator rejalar kelishib olindi.

Поделиться:
Единый портал интерактивных государственных услуг
Национальный правовой информационный центр