

Aholining my.gov.uz portali imkoniyatlaridan xabardorligini oshirish va elektron davlat xizmatlaridan foydalanish ko‘lamini kengaytirish maqsadida Surxondaryo hamda Qashqadaryo viloyatlarida keng qamrovli axborot-targ‘ibot tadbirlari amalga oshirildi.
Xususan, Surxondaryo viloyatidagi aholi gavjum bo‘ladigan bir qator yirik bozorlar va savdo komplekslarining kirish qismiga maxsus banner hamda targ‘ibot materiallari joylashtirildi:
Qashqadaryo viloyatida jamoat transporti yo‘lovchilari uchun ham qulay axborot muhiti yaratildi. Viloyatdagi 11 ta yo‘nalish bo‘yicha harakatlanuvchi 150 ga yaqin avtobus va mikroavtobuslarda my.gov.uz portali taqdim etadigan yengilliklar haqidagi ko‘rgazmali ma’lumotlar o‘rnatildi.
Bu kabi targ‘ibot tadbirlari fuqarolarning raqamli xizmatlardan uydan chiqmagan holda, tez va oson foydalanishlariga zamin yaratadi.