Elektron davlat xizmatlaridan foydalanuvchilar soni 3 millionga yetdi

Elektron davlat xizmatlaridan foydalanuvchilar soni 3 millionga yetdi

26 noyabr 2022

Yil boshidan beri Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz)da 50 dan ortiq yangi elektron davlat xizmatlari joriy qilinib, umumiy onlayn xizmatlar soni 355 ta bo‘ldi.

Yagona portal foydalanuvchilari soni esa yil avvaliga nisbatan 2,8 barobar, ya’ni qariyb 2 millionga ortib, 3 million nafarga yetdi.

My.gov.uz elektron xizmatlaridan foydalanish ko‘rsatkichi yil boshidan beri 10,9 milliondan ziyodni tashkil etib, bu oflayn tarzda foydalanilganlardan deyarli 2 barobarga ko‘pdir.

My.gov.uz ning mobil ilovasida ham 2022 yilda 50 turdagi yangi onlayn xizmatlar joriy qilinib, ilovadagi elektron davlat xizmatlari soni 156 taga yetkazildi.

«Mobile-ID» tizimi foydalanuvchilari soni 108 mingdan oshib, ularning 40 mingdan ziyodi my.gov.uzning mobil ilovasi orqali va 68 mingdan ortig‘i Davlat xizmatlari markazlari orqali ro‘yxatdan o‘tgan.

2022-yilda my.gov.uz da joriy etilgan ommabop elektron xizmatlar:

Portalda chet ellik shaxslar uchun elektron davlat xizmatlari va foydali ma’lumotlar bo‘limi ham yaratilgan.

Xizmatlar ro‘yxatidan:

2022-yilda aholi eng ko‘p foydalangan elektron davlat xizmatlari:

Поделиться:
Единый портал интерактивных государственных услуг
Национальный правовой информационный центр