Elektron shahodatnomalarni berish tartibi belgilandi

Elektron shahodatnomalarni berish tartibi belgilandi

01 fevral 2023

Hukumat qarori (44–son, 31.01.2023-y.) bilan Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi elektron shahodatnomalarni berish tartibi haqidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga koʻra, bitiruvchilarga quyidagi turdagi shahodatnomalar beriladi:

  • tayanch oʻrta taʼlim toʻgʻrisida shahodatnoma (9-sinf);
  • tayanch oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi aʼlo darajali shahodatnoma (9-sinf);
  • umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi shahodatnoma (11-sinf);
  • umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisida (kumush medal bilan) shahodatnoma (11-sinf);
  • umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi aʼlo darajali (oltin medal bilan) shahodatnoma (11-sinf);
  • psixik rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabni (maktab-internat) tamomlaganlik toʻgʻrisidagi sertifikat.

Shahodatnoma oʻzbek va ingliz tillarida shakllantiriladi.

Buyurtma berish va shahodatnomani shakllantirish “Elektron shahodatnoma” axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.

Bunda har yili 1-dekabrgacha bitiruvchi haqida tegishli maʼlumotlar platformaga kiritilib, buyurtma shakllantiriladi.

Shahodatnomalar bitiruvchilarga har yili 20-iyunga qadar beriladi.

Bitiruvchilar shahodatnomani elektron platformadan shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kiritish orqali bepul yuklab oladi.

Qarorga koʻra, 2022/2023-oʻquv yili yakunidan “Elektron shahodatnoma” axborot tizimiga bitiruvchilar haqidagi maʼlumotlar kiritib boriladi.

Поделиться:
Единый портал интерактивных государственных услуг
Национальный правовой информационный центр