Endi navbat – Fargʻona viloyatiga

Endi navbat – Fargʻona viloyatiga

“Siz tomon yoʻl oldik” loyihasining navbatdagi manzili Fargʻona viloyati etib belgilanganidan xabaringiz bor.

Bugun, 15-dekabr kuni Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi xodimlari viloyatning Margʻilon va Fargʻona shahri aholisi uchun “Elektron davlat xizmatlaridan foydalanish afzalliklari” mavzusidagi oʻquv seminarlarini boshlab yuborishdi.

Oʻquv treninglarda hudud aholisiga, avvalo, Elektron hukumat va elektron davlat xizmatlari boʻyicha batafsil maʼlumotlar berildi.

Shuningdek, ularga Yagona identifikatsiya tizimidan roʻyxatdan oʻtish (OneID), elektron raqamli imzo olish, ularni my.gov.uz xizmatlaridan foydalanishda qoʻllash kabi jarayonlar real vaqt rejimida koʻrsatib berildi.

Seminar savol-javoblarga boy oʻtdi. Yurtdoshlarimiz vaqti va mablagʻi tejalishiga xizmat qiluvchi Yagona portal xizmatlariga katta qiziqish bildirishdi.

Поделиться:
Единый портал интерактивных государственных услуг
Национальный правовой информационный центр