

Xabaringiz bor, ICTWEEK UZBEKISTAN 2026 doirasida ijodkorlar uchun raqamli davlat xizmatlarini eng qiziqarli va kreativ tarzda ko‘rsatib beruvchi videolar tanlovi e’lon qilingan edi.
Ishtirokchilarga qulaylik yaratish hamda yanada ko‘proq mazmunli va sifatli loyihalarni qabul qilish maqsadida, tanlov muddati 2026-yil 30-oktyabrga qadar uzaytirildi!
Tanlovda ishtirok etish uchun raqamli davlat xizmatlari (my.gov.uz) aholi hayotini qanday yengillashtirayotganini ko‘rsatib beruvchi 30–90 soniyalik rolik yarating va uni belgilangan tartibda yuborib, g'olib bo'ling.
Vaqt yetarli — o‘z kreativ yondashuvingizni ko‘rsating va raqamli sohaning eng yaxshi targ‘ibotchisiga aylaning!
Batafsil shartlar bilan tanishish va videoni yuborish uchun havola:
https://t.me/mygov_video_bot