«EPAM Systems» O‘zbekistonda o‘z faoliyatini kengaytirmoqda

«EPAM Systems» O‘zbekistonda o‘z faoliyatini kengaytirmoqda

26-yanvar kuni Elektron hukumat markazi direktori Aziz Muxitdinov Belarus EPAM bosh direktori o‘rinbosari Andrey Shubaderov boshchiligidagi «EPAM Systems» kompaniyasi delegatsiyasi bilan uchrashdi.

Suhbat davomida mehmonlar markaz vakillarini EPAM dasturiy ta’minoti va raqamli platformalarni ishlab chiqish tajribasi, shuningdek, kompaniyaning O‘zbekistondagi biznes ko‘lamini kengaytirish rejalari bilan tanishtirdi.

«EPAM Systems» — Amerikaning 1993-yilda tashkil etilgan IT-kompaniyasi bo‘lib, Belarus yuqori texnologiyalar parkining rezidentidir. Kompaniya dasturiy ta’minotni ishlab chiqish xizmatlari va raqamli platformalar bo‘yicha dunyodagi yetakchilardan biri hisoblanadi. Bugungi kunda «EPAM Systems» dunyoning 40 dan ortiq mamlakatlarida faoliyat yuritadi, xodimlarining umumiy soni 52 650 dan ortiq kishini tashkil etadi, kompaniya kapitali 28,1 mlrd $. Bir necha yil davomida EPAM kompaniyasi Forbes jurnalining «Eng tez rivojlanayotgan 25 ta texnologiya kompaniyasi» ro‘yxatida va Fortune jurnalining «Eng tez rivojlanayotgan 100 ta kompaniya» ro‘yxatida yetakchi IT xizmatlarini ko‘rsatuvchi sifatida qayd etilgan.

Kompaniya O‘zbekistonda 2019-yildan beri faoliyat yuritadi va IT-Park rezidenti hisoblanadi. Bugungi kunga kelib, mamlakatizdagi xodimlari soni 300 dan ortiq kishini tashkil etadi.

Uchrashuv chog‘ida dasturiy mahsulotlar ishlab chiqish va IT-xizmatlarini ko‘rsatish, shuningdek, malakali IT-mutaxassislarni tayyorlash sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish istiqbollari muhokama qilindi.

Поделиться:
Единый портал интерактивных государственных услуг
Национальный правовой информационный центр