Farg’ona tumanida “MY.GOV.UZ” portalidan samarali foydalanish bo’yicha seminar-trening bo’lib o’tdi

Farg’ona tumanida “MY.GOV.UZ” portalidan samarali foydalanish bo’yicha seminar-trening bo’lib o’tdi

21 dekabr 2023

Joriy yilning 19-dekabr kuni “MY.GOV.UZ – XIZMATINGIZDA!” loyihasi doirasida Farg’ona tumani hokimligida aholi vakillari uchun “Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan foydalanish tartibi, imkoniyatlari va afzalliklari” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

Seminar-trening davomida fuqarolarga my.gov.uz portalida joriy etilgan imkoniyatlar, yangi turdagi elektron xizmatlar va ulardan foydalanish tartiblari bilan tushuntirildi. Shu bilan birgalikda, Yagona portalda eng ko’p foydalanilgan xizmat turlari hamda mazkur xizmatlar bo’yicha statistik ko’rsatkichlar aytib o’tildi.

Tadbir ishtirokchilari elektron davlat xizmatlaridan foydalanish bo’yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javoblar olishdi.

Поделиться:
Единый портал интерактивных государственных услуг
Национальный правовой информационный центр