“Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasida xodimlarni tabiiy va texnogen holatlarda to‘g‘ri harakat qilishga o‘rgatish maqsadida fuqaro muhofazasi bo‘yicha maxsus mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
Mashg‘ulotlarda ish joyidan evakuatsiya va shikastlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish bo‘yicha ishtirokchilarning nazariy va amaliy bilimlari oshirildi.
Shuningdek, mashg‘ulotlarning yakuniy bosqichi Fuqaro muhofazasi instituti huzuridagi “Zilzila simulyasiyasi markazi”da olib borildi. Bu yerda markaz xodimlari sun’iy zilzila sharoitida harakat qilish, xavfsizlik choralarini ko‘rish va birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha amaliyotlarda ishtirok etdilar.
Mashg‘ulotlar yakunida ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar fuqaro muhofazasi sohasidagi tayyorgarlik mashg‘ulotlari nafaqat favqulodda vaziyatlar, balki kundalik hayotda ham ahamiyatli ekanini ta’kidlashdi.