Gender tenglik – davr talabi

Gender tenglik – davr talabi

12 avgust 2022

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar inson manfaatlari ustunligini ta’minlash barobarida jamiyatda xotin-qizlar mavqeini oshirish, ularning huquq hamda imkoniyatlarini ustuvor qadriyatlardan biri sifatida himoya qilishga qaratilgan. Bunda, ayniqsa, ayollarning siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy faolligini yuksaltirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylanmoqda.

Mazkur islohotlarning huquqiy asoslarini xodimlarga yetkazish maqsadida 2022-yil 11-avgust kuni “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” hamda “Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi” davlat muassasalari xodimlari ishtirokida o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

Tadbirni Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi bosh yuriskonmulti A.Raxmonov olib borib, xodimlarga O‘zbekiston Respublikasida gender tenglikni ta’minlash masalalari bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, xalqaro hamjamiyat tomonidan mamlakatimizga bu yo‘nalishda ko‘rsatilayotgan ko‘maklar va xorijiy davlatlar amaliyoti tushuntirib berildi.

Shuningdek, mashg‘ulotda O‘zbekistan Respublikasi Konstitutsiyasi, “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi, “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunlari, O‘zbekistan Respublikasi ishtirokchi bo‘lgan gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha xalqaro shartnomalar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda belgilab berilgan normalarning mazmun-mohiyatiga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Поделиться:
Единый портал интерактивных государственных услуг
Национальный правовой информационный центр