Geoportal taqdim etildi

Geoportal taqdim etildi

22 iyul 2025

Mamlakatimizda ijtimoiy soha ob’yektlariga (maktab, bog‘cha, shifoxona, sport inshootlari va boshqa) sarmoya kiritish jarayonini shaffof qilish imkonini beruvchi yangi Geoportal taqdimoti o‘tkazildi.

Geoportal orqali mamlakat bo‘ylab 23 000 dan ortiq ijtimoiy ob’yektlar — 11 127 ta maktab, 6 888 ta maktabgacha ta’lim muassasasi, 3 689 ta tibbiyot muassasasi va 879 ta sport inshooti raqamlashtirilgan bo‘lib, platforma doimiy ravishda takomillashib, ushbu ro‘yxat kengayib boradi.

Platforma orqali:

  • mamlakatdagi barcha ijtimoiy ob’yektlarning raqamlashtirilgan xaritasini ko‘rish va ularning holatini real vaqtda kuzatish;
  • loyihalar qanday amalga oshirilayotganligini monitoring qilish;
  • davlat tashkilotlari o‘rtasidagi chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish;
  • real ma’lumotlar asosida ijtimoiy ob’yektlar tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha qarorlar qabul qilish;
  • shaffoflik va fuqarolar ishtirokini ta’minlash imkoniyati yaratiladi.

Endi har bir fuqaro geoportal orqali:

  • yaqin atrofdagi maktab, bog‘cha yoki shifoxonani xarita orqali topishi;
  • ob’yektlarning quvvati, holati va muhim infratuzilmaga ulanish darajasini bilib olishi;
  • kerakli ob’yektlargacha bo‘lgan masofani hisoblashi;
  • demografik va iqlim prognozlarini ko‘rishi;
  • hududlarni infratuzilmaning mavjudligi bo‘yicha solishtirishi mumkin.

Eng muhimi, fuqarolar portal orqali ma’lumotlarga o‘zgartirish kiritish orqali vaziyatga ta’sir o‘tkaza olishadi!

2025-yil oktyabrigacha Geoportalda “Toza qo‘llar” dasturi uchun jamoatchilik monitoringi va baholash funksiyasi joriy etiladi.

E’tiborlisi, barcha jarayonlar o‘zbek mutaxassislari tomonidan, grant va kreditlarsiz, ochiq texnologiyalar asosida ishlab chiqilgan.

Geoportal  – Strategik islohotlar agentligi veb-saytida joylashgan, hamma uchun ochiq bo‘ladi! Tez orada OneID orqali to‘liq integratsiya ta’minlanadi.

Поделиться:
Единый портал интерактивных государственных услуг
Национальный правовой информационный центр