26 iyun - Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni
Hududlarda aholi va yoshlarning raqamli savodxonligi oshirilmoqda

Hududlarda aholi va yoshlarning raqamli savodxonligi oshirilmoqda

12 iyun 2026

Mamlakatimiz bo‘ylab elektron davlat xizmatlaridan samarali foydalanishni targ‘ib qilish va aholining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan amaliy seminarlar davom etmoqda. 

Nurafshon shahri: Kiberxavfsizlik universitetida Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi mutaxassislari tomonidan xotin-qizlar uchun mashg‘ulot tashkil etildi. Ishtirokchilar OneID tizimi, chegirmalari va mobil ilova qulayliklari bilan tanishdilar. Shuningdek, “Subsidiya” hamda “Ijtimoiy himoya” yo‘nalishlaridagi xizmatlardan foydalanishni amalda sinab ko‘rishdi.

Andijon shahri: Shahar hokimligida tashkil etilgan seminar-treningda 480 nafar yoshlar ishtirok etdi. Tadbir davomida yigit-qizlarga Yagona portal orqali ko‘rsatilayotgan eng ommabop davlat xizmatlaridan onlayn foydalanish tartibi amaliy tarzda tushuntirildi.

Bu kabi tizimli uchrashuvlar fuqarolarimizning vaqtini tejash, ortiqcha ovoragarchiliklarning oldini olish va jamiyatda raqamli texonologiyalardan foydalanish madaniyatini yuksaltirishda muhim omil bo‘lmoqda.
 

Поделиться:
Единый портал интерактивных государственных услуг
Национальный правовой информационный центр