Hunarmandlarimiz o‘z mahsulotlarini “Amazon”, “Ebay” va “ETSY” orqali sotuvga chiqarishga o‘qitildi

Hunarmandlarimiz o‘z mahsulotlarini “Amazon”, “Ebay” va “ETSY” orqali sotuvga chiqarishga o‘qitildi

30 avgust 2022

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi “Hunarmandchilik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida AKT vazirligi, Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi hamda boshqa soha korxonalari vakillari tomonidan joylarda elektron tijorat mavzusida o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etilmoqda.

Xususan, joriy yilning 29-30-avgust kunlari Namangan va Farg‘ona viloyatida Hunarmandlar o‘z mahsulotlarini elektron savdo, jumladan “Amazon”, “Ebay” va “ETSY” kabi xalqaro onlayn savdo maydonlariga joylashtirish, reklama va targ‘ibot qilishlari uchun maxsus o‘quv kurslari o‘tkazildi.

Mashg‘ulotlar davomida ishtirokchilar (hunarmandlar) tomonidan ko‘plab savol va takliflar o‘rtaga tashlanib, o‘zaro fikrlar almashildi.

Bu turdagi o‘quv kurslari joriy yil yakuniga qadar barcha viloyatlar kesimida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Поделиться:
Единый портал интерактивных государственных услуг
Национальный правовой информационный центр