Hurmatli ustoz va murabbiylar!

Hurmatli ustoz va murabbiylar!

01 oktyabr 2022

Sizlarni kasb bayramingiz – O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan chin dildan muborakbod etamiz!

O‘qituvchilik eng sharafli va mashaqqatli kasblardan biri. Bu soha odamdan katta sabr-toqat, fidoyilik hamda insonlarga bo‘lgan mehr-muhabbatni, hayotiy donishmandlikni, ruhan yoshlikni talab qiladi.

Chin murabbiy har kuni o‘z ishiga nafaqat borini, balki jonini ham bag‘ishlaydi va bu o‘qituvchilikka xos takrorlanmas xislat. Shuning uchun bu kasb har qaysi davrda ham eng sharafli va mashaqqatli bo‘lib qoladi.

Yillar o‘tsa-da, avlodlar siz bergan bilim va tarbiyani, maktabu oliygohlarda birgalikda o‘tkazgan vaqtlarini iliqlik bilan xotirlashi, qalban minnatdor bo‘lishi shubhasiz.

Bugun biz sizlarning mehribonligingiz va g‘amxo‘rligingiz, avlodlar kamolotiga qo‘shayotgan beminnat hissangiz uchun chin dildan minnatdorlik bildirmoqchimiz.

Barchangizga kasbiy muvaffaqiyatlar, ijodiy g‘oyalar, oilaviy farovonlik va sog‘lik-salomatlik tilagan holda yana bir bor bayramingiz muborak bo‘lsin deb qolamiz!

Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi jamoasi

Поделиться:
Единый портал интерактивных государственных услуг
Национальный правовой информационный центр