ICT Week Uzbekistan 2025 haftaligi doirasida eng faol tashkilotlar taqdirlandi

ICT Week Uzbekistan 2025 haftaligi doirasida eng faol tashkilotlar taqdirlandi

25 sentyabr 2025

ICT Week Uzbekistan 2025 haftaligi doirasida davlat boshqaruvi, iqtisodiyot va jamiyat hayotiga raqamli texnologiyalarni joriy etishda katta yutuqlarga erishgan, faol va tashabbuskor tashkilotlar munosib ravishda taqdirlandi.

G‘oliblar quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha aniqlandi:

  1. «Fuqarolarga eng qulay xizmat ko‘rsatayotgan tashkilot» — Ijtimoiy himoya milliy agentligi;
  2. «Startap ekotizimi rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan tashkilot» — O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki;
  3. «Davlat mablag‘larini shaffof boshqarishda raqamli yutuqqa erishgan tashkilot» — O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi;
  4. «Metallurgiya sanoatida ishlab chiqarish jarayonlarini faol raqamlashtirayotgan xo‘jalik birlashmasi» — «O‘zmetkombinat» AJ;
  5. «Hududda raqamli rivojlanish bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlarga erishgan hokimlik» — Toshkent viloyati hokimligi;
  6. «Yilning eng foydali davlat xizmatini joriy qilgan tashkilot» — «Kredit-axborot tahliliy markazi» kredit byurosi;
  7. «my.gov.uz portalini rivojlantirish bo‘yicha eng yaxshi hamkor davlat tashkiloti» — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi;
  8. «Raqamli ma’lumotlar ekotizimini rivojlantirish bo‘yicha eng yaxshi hamkor davlat tashkiloti» — Ichki ishlar vazirligi;
  9. «Davlat mulkini boshqarishda raqamlashtirish orqali shaffoflik va samaradorlikni ta’minlagan tashkilot» — Davlat aktivlarini boshqarish agentligi;
  10. «Saylov jarayonlarini raqamlashtirish bo‘yicha eng yaxshi hamkor tashkilot» — O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi;
  11. «Xorijda ishlash jarayonlarini onlayn tashkil etish bo‘yicha eng yaxshi hamkor davlat tashkiloti» — Migratsiya agentligi;
  12. «Temir yo‘l sohasida elektron xizmatlarni amalga oshirish bo‘yicha eng yaxshi hamkor tashkilot» — «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ;
  13. «Jamoat transporti xizmatlarini raqamlashtirishda katta hissa qo‘shgan kompaniya» — «Avtomatlashtirilgan transport to‘lov tizimi operatori» AJ;
  14. «Davlat xizmatlariga to‘lovlarni amalga oshirishda qulay va innovatsion yondashuvga ega to‘lov tashkiloti» — «Uzum bank» AJ;
  15. «Raqamli to‘lov ekotizimini rivojlantirishdagi yetakchi kompaniya» — «PAYME» AJ.

G‘oliblarga taqdirlov yorliqlari, statuetkalar va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Barcha g‘oliblarni tabriklaymiz! Ularning tajribasi va yutuqlari mamlakatimiz raqamli transformatsiyasi yo‘lida muhim ahamiyat kasb etadi.

Поделиться:
Единый портал интерактивных государственных услуг
Национальный правовой информационный центр