ICT WEEK UZBEKISTAN 2025'da ham qimmatbaho sovg‘alar ulashamiz!

ICT WEEK UZBEKISTAN 2025'da ham qimmatbaho sovg‘alar ulashamiz!

05 iyun 2025

Joriy yilning sentyabr oyida o‘tkaziladigan raqamli texnologiyalar haftaligi doirasida Yagona portal (my.gov.uz)ning faol foydalanuvchilarini rag‘batlantirish maqsadida sovrinli o‘yin o‘tkaziladi.

O‘yinda ishtirok etish uchun MyGov mobil ilovasini (Android  (https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.uzinfocom.mygov)/ iOS (https://apps.apple.com/us/app/mygov/id1544175166)) yuklab oling yoki yangilang.

Ilovada ro‘yxatdan yoki avtorizatsiyadan o‘ting.  So‘ng my.gov.uz portali yoki  ICT WEEK UZBEKISTAN 2025 ko‘rgazmasidagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” stendidagi QR-kodni skanerlash orqali Siz sovrinli o‘yin ishtirokchisiga aylanasiz.

7 nafar g‘olib sentyabr oyida ko‘rgazma doirasida aniqlanadi.

MyGov mobil ilovasidan foydalaning va qimmatbaho sovg‘alar sohibiga aylaning!

Поделиться:
Единый портал интерактивных государственных услуг
Национальный правовой информационный центр