"ICTWEEK 2023" haftaligi doirasida xorijiy hamkorliklar kengaymoqda

"ICTWEEK 2023" haftaligi doirasida xorijiy hamkorliklar kengaymoqda

27 oktyabr 2023

Bugun, 27-oktabr kuni "ICTWEEK 2023" doirasida Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markaziga Belarus Respublikasining “Servislashtirish va reinjiniring agentligi” OAJ vakillari tashrif buyurishdi.

Uchrashuvda raqamli hukumat, xususan, elektron davlat xizmatlarini rivojlantirish, axborot tizimlarini joriy qilish borasida oʻzaro tajriba almashish, hamkorlikda loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi hamda Belarusning Servislashtirish va reinjiniring agentligi o‘rtasida o'zaro hamkorlikni yo'lga qo'yish bo'yicha Anglashuv Memorandumi imzolandi.

Поделиться:
Единый портал интерактивных государственных услуг
Национальный правовой информационный центр