

O‘zbekistonda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi eng muhim va nufuzli tadbirlardan biri — ICTWeek Uzbekistan 2026 joriy yilda yana bir bor mamlakatning raqamli taraqqiyot kun tartibini belgilaydigan yirik xalqaro maydonga aylanishi kutilmoqda.
O‘zbekistonda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi eng muhim va nufuzli tadbirlardan biri — ICTWeek Uzbekistan 2026 joriy yilda yana bir bor mamlakatning raqamli taraqqiyot kun tartibini belgilaydigan yirik xalqaro maydonga aylanishi kutilmoqda.
2004-yildan buyon an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan O‘zbekiston axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi — ICTWeek yillar davomida mamlakatning AT sohasidagi eng muhim voqealaridan biri sifatida shakllandi. Tadbir har yili soha vakillari, davlat tashkilotlari, mahalliy va xorijiy kompaniyalar, investorlar, startaplar, IT mutaxassislari hamda texnologiyalarga qiziquvchi keng auditoriyani bir maydonda birlashtirib kelmoqda.
🟢ICTWeek 2026: yanada katta ko‘lam va yangi imkoniyatlar
Joriy yilda esa ICTWeek yanada keng ko‘lamda o‘tkazilishi kutilmoqda. 50 dan ortiq mamlakatdan 25 mingdan ziyod ishtirokchi, 300 dan ortiq kompaniya va minglab potensial biznes vakillari tadbirda ishtirok etishi prognoz qilinmoqda.
Bu esa ICTWeek 2026’ni nafaqat texnologiyalar namoyishi, balki biznes, investitsiya, startaplar va xalqaro hamkorlik uchun yirik maydonga aylantirishi kutilayotganidan dalolat beradi.
🟢Biznes va investorlar uchun yangi maydon
ICTWeek’ning muhim jihatlaridan biri — tadbirning texnologiyalar ko‘rgazmasi bilan cheklanib qolmasligi. Hafta davomida B2B uchrashuvlar, investitsiyaviy muloqotlar, startaplar taqdimotlari, biznes uchrashuvlar va professional netvorking uchun imkoniyatlar yaratiladi.
🟢O‘zbekistonning raqamli salohiyati xalqaro maydonda
So‘nggi yillarda O‘zbekistonda AT sohasi jadal rivojlanib, raqamli iqtisodiyot mamlakat taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylanmoqda.
IT Park ekotizimining kengayishi, eksportga yo‘naltirilgan AT kompaniyalar sonining ortishi, startaplar uchun yangi imkoniyatlarning yaratilishi va raqamli davlat xizmatlarining rivojlanishi O‘zbekistonning mintaqaviy texnologik markaz sifatidagi salohiyatini oshirmoqda.
Shu jarayonda ICTWeek’ning ahamiyati yanada ortib bormoqda. Chunki tadbir mamlakatda amalga oshirilayotgan raqamli islohotlarni xalqaro auditoriyaga namoyish etish, xorijiy texnologiya va investitsiyalarni jalb qilish hamda mahalliy AT kompaniyalarni global bozor bilan bog‘lash uchun muhim ko‘prik vazifasini bajaradi.
🟢Bir hafta — ko‘plab imkoniyatlar
ICTWeek’ni boshqa texnologik tadbirlardan ajratib turadigan muhim jihatlardan biri — u birgina konferensiya yoki ko‘rgazma emas, balki bir qator ixtisoslashtirilgan tadbirlarni yagona formatda birlashtiradigan yaxlit texnologik hafta hisoblanadi.
Bu ishtirokchilarga bir vaqtning o‘zida turli yo‘nalishlardagi tadbirlarda qatnashish, yangi texnologiyalar bilan tanishish, ekspertlar fikrini eshitish, biznes aloqalarini kengaytirish va yangi hamkorlik loyihalarini boshlash imkonini beradi.
🟢Texnologiyalar emas, imkoniyatlar haftaligi
Shunday sharoitda ICTWeek’ning vazifasi faqat yangi texnologiyalarni namoyish etish emas. Uning eng muhim vazifalaridan biri — texnologiyalarni insonlar, biznes va iqtisodiy taraqqiyot uchun yangi imkoniyatlarga aylantirish.
ICTWeek 2026 ham aynan shu maqsad atrofida davlat, biznes, investorlar va texnologik hamjamiyatni birlashtirib, O‘zbekistonning raqamli kelajagi uchun yangi g‘oyalar, yangi hamkorliklar va yangi loyihalarga yo‘l ochishi kutilmoqda.
📌ICTWeek 2026’da ishtirok eting!