

Bugun, 24-sentyabr kuni ICTWEEK 2026 doirasidagi “Raqamli davlat: yagona yondashuv, zamonaviy boshqaruv va fuqarolar uchun yangi imkoniyatlar” forumi yakunida raqamli texnologiyalarni joriy etishda faol va tashabbuskor bo‘lgan soha yetakchilari hamda tashkilotlar tantanali taqdirlash marosimi o‘tkazildi.
Mukofotlarni Raqamli texnologiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Ayubxon Sultanov topshirdi.
Barcha nominatsiyalar va g‘oliblar ro‘yxati:
«Elektron ishtirokni rivojlantirish bo‘yicha eng faol tashkilot» – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi;
«Raqamli davlat auditi bo‘yicha eng yaxshi tashkilot» – O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi;
«Nazorat jarayonlarini raqamlashtirish bo‘yicha eng yaxshi tashkilot» – O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi;
«Sud-huquq tizimini raqamlashtirish bo‘yicha tashabbuskor tashkilot» – O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi;
«Eng ko‘p proaktiv raqamli xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilot» – Ijtimoiy himoya milliy agentligi;
«Eng yaxshi raqamli integratsiya va strategik hamkor tashkilot» – O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi;
«Mudofaa sohasini raqamlashtirishdagi islohotlari uchun» –O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi;
«Raqamli davlat xizmatlarini joriy etish bo‘yicha ilg‘or tashkilot» – O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi;
«Eng innovatsion davlat xizmati ko‘rsatuvchi tashkilot» – O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi;
«Eng yaxshi aqlli transport ekotizimini yaratgan tashkilot» – O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi;
«Samarali raqamli transformatsiyani amalga oshirgan tashkilot» – O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi;
«Eng yaxshi raqamli geoma’lumotlar yechimini joriy etgan tashkilot» – O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi;
«Sun’iy intellekt yechimlarini joriy etish bo‘yicha ilg‘or tashkilot» – O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi;
«Raqamli rivojlanishda eng yuqori natija ko‘rsatgan davlat tashkiloti» – O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasi;
«Raqamli rivojlanishda eng yuqori natija ko‘rsatgan sanoat korxonasi» – “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati;
«Aqlli hududiy boshqaruvni joriy etgan namunaviy tashkilot» – Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligi;
«Eng yaxshi raqamli sug‘urta xizmatlari tashkiloti» – “Alskom sug‘urta kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati.
Barcha g‘olib va sovrindorlarni muborakbod etamiz!